У нас есть только
оригинальные песни

“Mening fikrim” portaliga dastlabki onlayn-petitsiyalar joylashtirildi

calendar 27.04.2018
895

20-aprel kuni ishga tushirilgan “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida dastlabki onlayn-petitsiyalar paydo bo‘ldi. Fuqarolar portal yordamida parlament palatalari va mahalliy (viloyat, tuman va shahar) xalq deputatlari kengashiga murojaat yo‘llashlari, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishlari mumkin, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ayni vaqtda portalga to‘rtta murojaat joylashtirilgan:

  • Maktablarda o‘quvchilardan, ularning ota-onalaridan pul yig‘ish holatlariga barham berish va bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarga javobgarlik belgilash lozim;
  • Bozorlar hisobidagi do‘kon va rastalarni onlayn ijaraga berish va elektron hisobga olish tizimini joriy etish lozim;
  • Temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish lozim;
  • Ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshini bir xil etib (18 yosh) belgilash lozim (hozirda ushbu ko‘rsatkich erkaklarda — 18, ayollarda — 17 yoshni tashkil etadi).

Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya chop etilishi uchun u arizachidan tashqari kamida yana besh kishi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Murojaat Qonunchilik muammolari instituti va parlament tadqiqotlari ekspertizasidan keyin portalda paydo bo‘ladi.

Ovoz berish jarayoni petitsiya e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Murojaat Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun u kamida 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun esa — kamida 5000 ovoz, tuman va shahar kengashlari uchun — kamida 1000 ta ovoz to‘planishi kerak.

Яндекс.Метрика