У нас есть только
оригинальные песни

Mercedes 3 ming ot kuchiga ega qayiqni taqdim etdi

calendar 17.02.2017
1893

Mercedes-AMG va Cigarette Racing kompaniyalari o'zaro hamkorlikning o'n yilligi munosabati bilan AMG GT R xardor kupesi ruhidagi tezyurar qayiqni qurishdi. Bu 15 metrli kema umumiy quvvati 3000 ot kuchiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlandi hamda Marauder AMG deb nomlandi.

Kater Mercury Racing tomonidan ishlab chiqilgan V8 tvin-turbo motorlariga ega. To'qqiz litrli qurilmalar benzida ishlaganda 1350 ot kuchini bersa, poyga yoqilg'isi ishlatilganda quvvat 1550 ot kuchiga yetadi. Qayiqning boshqa dinamik xususiyatlari oydinlashtirilmagan.

Marauder AMG’ning dizayni alohida tahsinga loyiq. Qayiq tashqi jihatdan AMG belgisi va yon tomonda yorqin yashil chiziqlarga ega.

«Salon» beshta sport uslubidagi o'rindiqqa ega, ularga AMG belgilari tushirilgan. Bundan tashqari, ichkarida ham yashil rangdan foydalanilgan.

Mercedes-AMG va Cigarette Racing’ning beshinchi qo'shma loyihasi bo'lgan qayiqning qiymati oshkor etilmadi.

Avvalroq firmalar o'zaro harakatlar bilan SLS elektr superkari, AMG Vision Gran Turismo kontsepti, GT S  ikki eshikli modeli va Mercedes-AMG GT3 modeli yo'nalishida ham qayiqlar chiqarishgandi.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика