У нас есть только
оригинальные песни

“Mersedes” G-Class bazasidagi yangi harbiy mashinani sinovdan o'tkazishni boshladi

calendar 22.01.2016
1706

Mercedes-Benz kompaniyasi G-Class modelining ekstremalroq namunasi bazasida qurilgan engil zirhlangan patrul mashinasi sinovini boshladi. Fotojosuslar harbiy yo'ltanlamas prototipini sinov vaqtida “qo'lga tushirishdi”, deya xabar bermoqda Motor1.

Tasvirlardan ko'rish mumkinki, avtomobilning tag qismi erdan ancha balandda joylashgan bo'lib, yo'ltanlamas qoplamali katta g'ildiraklar bilan ta'minlangan.

Prototipga ikkinchi darajali STANAG 4569 himoya standarti o'rnatiladi. Bu 30 metr masofadan otilgan 7.62 kalibrli zirhteshar yondiruvchi o'qlarning teshib o'tishidan himoyalaydi. Shuningdek, avtomobil bir qancha minalar portlashiga ham dosh bera oladi.

Harbiy yo'ltanlamas 52 va 54 daraja qiyalikdagi tepaliklarga ham chiqa oladi. Bir metrgacha bo'lgan chuqurliklar ham unga cho't emas.

 

Яндекс.Метрика