У нас есть только
оригинальные песни

«Mersedes» olishga puli bo'lsa, turargohga ham to'lasin – Nazarboyev Ostonadagi vaziyatdan g'azablandi

calendar 06.04.2018
1417

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada avtomobillar turargohlari masalasiga yechim topish vazifasini topshirdi.

Uning 5 aprel kuni shaharni rivojlantirish bo'yicha yig'ilishda aytgan so'zlariga ko'ra, quruvchilardan yer osti turargohlari bo'lgan binolar qurishni talab qilish kerak.

«Ostonaga qaraganda kattaroq shaharlar bor, ular vaziyatga qandaydir yechim topmoqda. Tartib yo'q. Turargoh uchun pul olinmayapti. Agarda «Mersedes» sotib olishga pul bo'lsa, unda avtoturargoh uchun har bir soatga ham to'lashsin, yo'q bo'lsa, unda qog'ozlarni yopishtirish hamda eng qattiq tarzda jarimaga tortish lozim», - deya aytib o'tgan Qozog'iston rahbari.

Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi tushunarsiz vaziyat tufayli tez yordam va o't o'chirish xizmati mashinalari binolarning yoniga yaqinlasha olmayapti.

Яндекс.Метрика