У нас есть только
оригинальные песни

Messi FIFAga xat yozib uzr so'radi

calendar 30.03.2017
1506

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Chiliga qarshi JCh-2018 saralashi doirasida kechgan uchrashuv vaqtida hakam yordamchisi bilan sodir bo'lgan vaziyat uchun uzr so'rab, FIFAga maktub yo'lladi.

«Men Chiliga qarshi o'yin vaqtida hakam yordamchisini haqoratlaganim haqidagi xabarlarni butunlay inkor etaman.

Kelib chiqishiga ko'ra braziliyalik hakam yordamchisi men nima deganimni yaxshi tushungandi, biz u bilan do'stona ohangda gaplashgandik. 

O'sha gaplar hakamga qaratilmagan, balki havoga yo'naltirilgandi. Buning uchun uzr so'rayman», deyilgan Messining internetga chiqib ketgan xatida.

Eslatib o'tamiz, FIFA Messini 4 o'yinga diskvalifikatsiya qildi. Argentina va Chili o'yinida ishlagan hakamlar esa haqorat so'zlarini eshitmaganini aytishgan edi.

Яндекс.Метрика