У нас есть только
оригинальные песни

Messi haftasiga 1 mln yevrodan ortiq maosh oladigan ilk futbolchi bo'ladi

calendar 09.07.2017
2065

«Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzolayotgan Lionel Messining yillik maoshi miqdori 62 mln yevroni tashkil etadi. Bu haqda The Times nashri ispan grandidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Shu tariqa Messi haftasiga 1 mln yevro maosh oladigan ilk futbolchiga aylanadi.

U 4 yil davomida jamoada qolsa, jami 248 mln yevro (jamoaviy va shaxsiy natijalar uchun bonuslar hisoblanmaganda) miqdoridagi mablag' ishlab topadi.

Bundan avvalgi xabarlarda Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lgani uchun 50 million yevro miqdoridagi bonus olishi aytilgandi.

Яндекс.Метрика