У нас есть только
оригинальные песни

Messi hakam bilan bog'liq mojaroga izoh berdi

calendar 30.03.2017
1300

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hakam bilan bog'liq mojaro haqida gapirdi. U hakam assistentini haqorat qilgani uchun JCh-2018 Janubiy Amerika saralashida milliy terma jamoaning navbatdagi to'rtta uchrashuvida qatnasha olmaydigan bo'ldi. Unga shuningdek, 10 ming yevro miqdorida jarima qo'llandi.

Argentina Messi ishtirok etmagan Boliviyaga qarshi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi va JCh-2018 saralashi Janubiy Amerika mintaqasida beshinchi o'ringa tushib ketdi. Jamoa keyingi turda Urugvay maydoniga safar qiladi.

«Mening so'zlarim referi yordamchisiga qaratilmagandi. Men ularni shunchaki havoga qarab aytdim», - deya Messining so'zlarini keltiradi La Nacion.

Яндекс.Метрика