У нас есть только
оригинальные песни

Messi: Mumkin bo'lgan barcha narsani yutish - bizning orzuimiz

calendar 03.06.2015
1399

"Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi YeChL finali arafasida Uefa.com nashriga intervyu berdi. "Bu Chempionlar Ligasi finali. Biz bu mavsumning oxirgi o'yini arafasidamiz. Yana bir marta chempion bo'lishni istaymiz va bu ishning qanchalik qiyinligini ham tushunamiz. Bizning orzuimiz - yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutishdir. Finalda raqibga qarshi og'ir o'yin kutibdi. "Yuventus" YeChLdagi eng tajribali jamoalardan biri. Finalda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz bu o'yinga ham barcha muhim o'yinlar bilan bo'lgandagidek jiddiy tayyorlanamiz", deydi Messi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdagi "Barselona" va "Yuventus" o'rtasidagi YeChL finali 6 iyun oqshomidagi Berlin shahrida, Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Яндекс.Метрика