У нас есть только
оригинальные песни

Messi: O'g'lim hozircha futbolni uncha xushlamaydi

calendar 20.01.2016
1381

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi «Oltin to'p» sovrini qo'lga kiritgach, Frantsiyaning «Frans Futbol» nashriga intervyu berdi. Futbolchi intervyu davomida o'zining va Krishtianu Ronalduning o'g'li borasida savollarga ham javob qaytardi.

«Uch yil avval o'g'lim Tiago dunyoga kelgach, hayotga bo'lgan munosabatim butkul o'zgardi. Ilgari faqat futbol haqida o'ylardim. Hozir esa charchab qaytganimda, yoki mag'lubiyatga uchraganimda uyga kelganim zahoti Tiagoni ko'rib, barchasini unutaman. O'g'lim tufayli men ulg'aydim va futbolga boshqacha ko'z bilan qaraydigan bo'ldim».

«O'g'lim bilan tez-tez o'ynab turamiz. Ammo futbol emas. U hozircha futbolni unchalik xushlamaydi. U bilan o'yinchoqlarini olib, ota va bola sifatida o'ynaymiz hamda sayr qilamiz.

«Oltin to'p» mukofotini olish uchun sahnaga chiqqanimda, unga qo'l ko'tarib, salom yo'lladim. U kulib qo'ydi. O'ylashimcha, u meni sahnada ko'rib xursand bo'ldi. Hali u yosh va meni dunyoning eng futbolchi bo'lganimni tushunmaydi. O'zim ham buni unga aytganim yo'q».

«Krishtianu Ronalduning o'g'li menga muxlis ekanidan xabarim bor. Bu juda yoqimli. U juda yoqimtoy bola bo'lib ulg'aymoqda. Menimcha, Krishtianu uni shunday tarbiyalanishiga xizmat qilmoqda. Krishtianuning o'g'li futbolni va asosan futbolchilarni yoqtiradi».

«Agar o'g'lim Krishtianu Ronalduga muxlis bo'lishni istasa, buning hech qanday muammoli tarafi bo'lmaydi. Unda kimni hurmat qilishni xohlasa, o'shani hurmat qilish huquqi bo'ladi. Biroq u hali juda yosh va futbolni uncha xushlayotgani yo'q», deya ta'kidladi Messi.

Яндекс.Метрика