У нас есть только
оригинальные песни

Messi o'z hisobidan Argentina terma jamoasi qarzlarini to'ladi

calendar 19.11.2016
1018

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Argentina futbol federatsiyasining milliy terma jamoa qo'riqlash xizmati xodimlari oldidagi qarzini to'lab berdi. Hozirda federatsiya duch kelgan moliyaviy muammolar sababli qo'riqchilar 6 oy davomida maosh olmay kelganlar va shu sababli shaxsan Messiga murojaat qilishga qaror qilishgan, deb xabar bermoqda Tribuna.Uz sayti.Jurnalist Xuan Palo Varskining aytishicha, hujumchi Braziliyaga qarshi uchrashuv o'tkazilishini Belu-Orizontida kutayotganda uning yoniga qo'riqlash xizmatidan bir necha kishi kelib, "Leo sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Bizga 5-6 oydan beri maosh berishmayapti. Sen jamoa sardorisan va shuning uchun sendan yordam berishingni so'raymiz", deb aytishgan.Shundan keyin Messi otasiga qo'ng'iroq qilib vaziyatni tushuntirgan. Shundan keyin futbolchining otasi bu muammoni hal qilish uchun futbolchining shaxsiy mablag'laridan pul o'tkazib bergan.

Яндекс.Метрика