У нас есть только
оригинальные песни

Messi ortidan Ronalduga ham qamoq jazosi tahdid solmoqda

calendar 25.05.2017
1648

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga 8 mln yevro va 4 oygacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Cadena Ser xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 2011-2013 yillar davomida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashda gumon qilinmoqda.

Hozirda soliq xizmati futbolchining harakati jinoyat yoki ma`muriy huquqbuzarlik ekanini aniqlamoqda.

Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» futbolchisi mamlakat moliya organi surishtiruv e`lon qilganidan so'ng o'z ishlarini tartibga keltirish taraddudiga tushgan.

Agar Ronalduning harakatlari ma`muriy huquqbuzarlik deb topilsa, u davlat g'aznasiga 8 mln yevro to'laydi. Agar uning ishi soliqqa oid jinoyat deb topilsa yana o'sha summadagi jarima bilan 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi.

Biroz oldinroq Ispaniya sudi «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga soliqlarni to'lamagani uchun 21 yillik qamoq jazosi tayinlagandi.

Яндекс.Метрика