У нас есть только
оригинальные песни

Messi «Real»ga qarshi o'yinda qatnashadi va adidas`ning yangi butsasini reklama qiladi

calendar 18.11.2015
1704

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Madridning "Real" jamoasiga qarshi kechadigan "El klasiko" bahsida maydonga tushadi va adidas firmasining yangi butsasini reklama qiladi. Bu haqida adidas kompaniyasiga asoslanib, Sport nashri xabar tarqatgan.

Aynan shu o'yinda Messi mashhur Germaniya adidas korxonasining Messi15 nomli butsasida maydonga tushadi.

Xabarda aytilishicha, so'nggi mashg'ulotlar shuni ko'rsatadiki, argentinalik futbolchi jarohatidan to'la forig' bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Messi sentyabr oyida, Ispaniya chempionatining 6-turida "Las-Palmas"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va 2 oyga safdan chiqqandi.

La liganing 12-turi doirasidagi "El klasiko" bahsi 21 noyabr kuni "Real" maydonida bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика