У нас есть только
оригинальные песни

Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan

calendar 23.05.2017
1451

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi so'nggi vaqtlarda jamoasining bu mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklaridan tushkun holatda yurgan«Real» chempionlikni qo'lga kiritgach, u do'stlari bilan suhbatda madridliklarning chempionligi haqli ekanini tan olgan, deb yozmoqda Ispaniyaning eng mashhur tabloidi Don Balon.

Tarqalgan mish-mishlarni chop etish bilan tanilgan nashrning yozishicha, Messi do'stlari bilan suhbatda «Barselona» butun mavsum davomida barqaror futbol ko'rsata olmaganini aytib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o'ringa munosib bo'lganini tan olib o'tgan. Shunga qaramay, Lionel kelgusi mavsumda jamoa yanada kuchayib, barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashishiga umid bildirgan.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» bu mavsumdagi so'nggi uchrashuvini 27 may kuni «Alaves»ga qarshi Ispaniya kubogi finali doirasidagi uchrashuv bilan yakunlaydi.

Яндекс.Метрика