У нас есть только
оригинальные песни

Messi, Ronaldu va Suares Еvropaning eng yaxshi o'yinchisi nomi uchun da'vogarlik qilmoqda

calendar 12.08.2015
2100

"Barselona” hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares hamda "Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu UЕFA talqini bo'yicha 2014/15 yillardagi mavsumda Еvropaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlik qilishmoqda, deb xabar bermoqda UЕFA rasmiy sayti. Mukofot egasi 27 avgustda ma'lum bo'ladi. Sovrindorni aniqlovchi hakamlar hay'ati UЕFAga kiruvchi barcha 54 futbol uyushmasi nomidan vakillik qiluvchi jurnalistlardan tashkil topdi. Hay'atning har bir a'zosi uning fikricha mavsumning eng yaxshi 5 nafar o'yinchisi nomini aytdi. Har bir 1-o'rin uchun futbolchi 5 ochko, 2-o'rin uchun 4 ochko va h.k. ochko oldi. 35 nafar nomzoddan 10 nafar eng yaxshi futbolchi ovoz berishning ikkinchi bosqichiga o'tdi. Uning natijalariga ko'ra uch nafar nomzod tanlab olindi. 27 avgustda Monakoda bo'lib o'tadigan 2015/16 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash paytida hakamlar hay'ati uch nomzoddan eng yaxshisini tanlab oladi. Avvalgi yillar bu mukofotga Lionel Messi (2011), Andres Inesta (2012), Frank Riberi (2013) va Krishtianu Ronaldu (2014) loyiq deb topilgan edi. Еtakchi o'ntalikka shuningdek Janluiji Buffon, Neymar, Eden Azar, Andrea Pirlo, Arturo Vidal, Karlos Teves va Pol Pogba ham kiritilgan edi.
Яндекс.Метрика