У нас есть только
оригинальные песни

Messi, Ronaldu va Suares. Kim UЕFAning yil o'yinchisi bo'ladi?

calendar 27.08.2015
1565

Krishtianu, so'ng 4 marotaba Messi, keyin yana 2 marotaba Ronaldu. Mana sakkiz yildirki "Oltin to'p”ni mana shu ikki superyulduz bo'lishib olmoqda.

Xavi? Inesta? Riberi? Noyer? Kechirasizlar yigitlar sizlarga mashxurlik va ko'plab gollar etishmaydi. Aqlbovar qilmas seyvlar,mohirona to'p uzatishlar yoki qanotdan chaqmoqdek yugurib o'tish bularning barchasi faqat Syurixga borish va Krishtianu va Leoning oldida smoking kiyib turishga etarli xolos.

Monakodagi tadbirda esa Еvropaning yil o'yinchisi aniqlanadi. Bu esa umuman boshqa tarix. U erda g'olibni o'xshashlikdan charchagan 54 ta jurnalist aniqlaydi. Shu paytgacha sovrin to'rt marotaba topshirilgan bo'lsa, sovrinni to'rt xil futbolchi olgan. Lekin bu an'ana bu yil buzilishi mumkin. Nima uchun? Javobini pastda ko'rib chiqamiz.

Lionel Messi


O'tgan kuz shuni ko'rsattiki, Krishtianu Ronaldu – sport zalida va maydondagi tinimsiz mashqlar natijasida rivojlanib boruvchi futbolchidir, Messi esa haqiqiy iqtidor egasi, u oddiy jismoniy ko'rsatkichlarga ega futbolchi. Taxminan bir yil avval juranalist va biograf Gilem Balage Leonel haqida: Messi tezligini yoqotmoqda va endi u raqiblarini 2012 yildagidek jazolay olmaydi, deb o'z fikrlarini bildirib o'tgandi. Balagening so'zlariga ko'ra, 2014 yilning avgustida Messining o'zi yangi murabbiy Luis Enrikedan uni "hujum ortiga” qo'yishni so'ragan. Qaysiki Neymar va Suareslarga assisentlik qilish qulay bo'lishi uchun.

Keyinachalik ma'lum bo'lishicha Messining tezligi pasayishiga yoshi o'tib boryotganda emas, balki ortiqcha vaznni ekan. Matbuotda chiqqan ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa” etakchisi har o'yindan so'ng u o'z kuchini pitstsa va gazlangan ichimlik orqali tiklar ekan. Buning natijasida unda ortiqcha yog' qatlamlari paydo bo'lgan. Kuzning so'ngida Messi dietolog maslaxati asosida shug'ullana boshlagan. Bu tez orada o'z natijasini ko'rsatib Leo 3.5 kilogramm vazn tashladi. Va o'zining yuqori darajasiga qaytdi.

Hozirda Messi Еvropaning eng yaxshi o'yinchisi nominattsiyasida etakchi. U "Barselona” bilan bu yil 4 ta sovrin yutib oldi. 2015 yilda "Gol+golli uzatma”(39+21) tizimida 60 ball eg'ishga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri bu 2012 yilda qayd etgan rekord natijasichalik emas(ushanda Leo 26 agustgacha 57 ta, yilni oxirigacha 91 ta gol muallifi bo'lgan edi). Lekin Messi hozir o'z o'yin falsafasini o'zgartirgan. Avval u to'p uzatmalarini qabul qilib, hujumni yakunlagan bo'lsa, hozirda ko'proq hujumdagi sheriklarini to'p bilan taminlamoqda. Va bu orqali u jamoasiga yana ham ko'proq foyda keltirmoqda.

Bu natijlardan ko'rinib turibdiki Messi Еvropaning yil o'yinchisi nomini ikki marta qo'lga kiritgan birinchi futbolchi bo'lishga yaqin turibdi.

Luis Suares


2014 yilning yozi urugvaylik hujumchi uchun burilish nuqtasi bo'ldi. U avval jahon chempionatida jaroxatiga qaramay maydonga tushib, Angliyani mag'lub etishda o'zining katta xissasini qo'shib qahramon bo'lgan bo'lsa, so'ng Djordjo Kellinini tishlab, quvg'in maqomini oldi. Bu harakati sabab Suares oktyabrning o'rtasigacha maydonga tushishdan maxrum qilindi. Maydonga qaytgach  u bir oyni jismoniy holatini va kataloniyaliklarning o'yin falsafasini tushunish uchun sarfladi. Luis "Barselonada”gi ilk golini urishi uchun 6 ta o'yin o'tkazishiga to'g'ri keldi.

2014 yilning kuzini hisobga olmaganda Suares mavsumni ajoyib o'tkazdi. Klasiko va Chempionlar Ligasi final o'yinlarida g'alaba to'pini kiritdi, to'rtta yangi sovrin, "gol+golli uzatma” tizimida 41 ochko(Еvropada 3 ko'rsatkich), Messi bilan o'zaro tushunish va "Barsa”da o'z o'rniga ega bo'lish. Yana boshqa nimani orzu qilish mumkin? Ha aytgancha yana Neymar va Messilar bilan tajavuzkor trioni hosil qilish. Bu trio utgan mavsumda nimalar qilib tashlaganidan xabaringiz bor albatta. Hozirda Suares bir tomondan kataloniyaliklar o'yinida Messining ta'sirini kamaytiruvchi va boshqa tomondan Luis Enrikening o'yin falsafasiga eng mos tushuvchi futbolchidir.

Balki Suaresning bu natijalari bir xillikni yomon kuruvchi evropalik jurnalistlarning uni yil o'yinchisi deb topishlariga sabab bo'lar.

Krishtianu Ronaldu


17 mayda "Barselona” "Atletiko”ga qarshi o'yindan so'ng chempionligini nishonladi. Bunga parallel ravishda "Real” "Espanol” qarshi o'nadi, o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Ronadu bo'ldi. U o'yinda xet-rik qayd etdi. O'yindan so'ng Krishtianu baxtli ko'rinardi, yuzidan tabbasum aramasdi va hatto o'yin to'pini estalik uchun olib qo'ydi. Chunki u to'purarlik poygasida raqibi Messidan o'tib ketgandi.

Qish va bahor Ronaldu uchun kuzga qaraganda omadsizroq kechdi.

Monakoda Krishtianuning sovrin olish imkoniyati juda past desak adashmaymiz. Birinchidan, Ronaldu butun mavsumda jamoa bilan  bitta sovrin yutdi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi g'alabasi. Ikkinchidan, sovrin topshirish vaqtida UЕFA prezidenti Mishel Platiniga qo'l berishni istamadi. Uchinchidan, barcha say-harakatlarga qaramay Krishtianu natijalar borasida argentinalik raqobatchisidan orqada. 2015 yilda portugaliyalikning "gol+golli uzatma” tizimida eg'gan ochkosi 42 ball(Leodan 18 ball kam).

Shuning uchun ham Monakoda Krishtianuning ikki yillik  hukmronligi  yakuniga etib, taxt Lionel Messiga qaytishi mumkin.

Buni albatta Monakodagi taqdirlash marosimidan so'ng bilib olishimiz mumkin. 

Яндекс.Метрика