Xalqaro futbol ittifoqi FIFA Professional futbolchilar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga 55 nafar nomzod futbolchilar ro'yxatini e`lon qildi.Yil jamoasi 75ta mamlakatning 25 mingdan ortiq professional futbolchilari tomonidan aniqlanadi.Har bir futbolchi bitta jamoa uchun bir darvozabon, to'rt himoyachi, uch yarimhimoyachi va 3 hujumchiga ovoz berishi mumkin.Ro'yxatdan joy olgan 55 nafar nomzodlar quyidagicha:
Darvozabonlar: Klaudio Bravo («Barselona»/«Manchester Siti»), Janluidji Buffon («Yuventus»), David de Xea ( «Manchester Yunayted»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyyer («Bavariya»).
Himoyachilar: David Alaba («Bavariya»), Jordi Alba («Barselona»), Serj Ore («PSJ»), Ektor Belerin («Arsenal»), Jyerom Boateng («Bavariya»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Daniel Karvaxal («Real»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Dani Alves («Barselona»/«Yuventus»), David Luis («PSJ»/«Chelsi»), Diyego Godin («Atletiko»), Mats Hummels («Borussiya» D/«Bavariya»), Filipp Lam («Bavariya»), Marselo («Real»), Xaver Maskerano («Barselona»), Pepe («Real»), Jyerard Pike («Barselona»), Serxio Ramos («Real»), Tyago Silva («PSJ»), Rafael Varan ( «Real»).
Yarimhimoyachilar: Xabi Alonso («Bavariya»), Serxio Buskets («Barselona»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Eden Azar («Chelsi»), Andres Inesta («Barselona»), N`Golo Kante («Lester»/«Chelsi») Toni Kroos («Real»), Luka Modrich («Real»), Mesut O'zil («Arsenal»), Dimitri Payyet («Vest Hem»), Pol Pogba («Yuventus»/«Manchester Yunayted»), Ivan Rakitich («Barselona»), David Silva («Manchester Siti»), Marko Verratti («PSJ»), Arturo Vidal («Bavariya»).
Hujumchilar: Serxio Aguero («Manchester Siti»), Garet Beyl («Real»), Karim Benzema («Real»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Paulo Dibala («Yuventus»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Gonsalo Higuain («Napoli»/«Yuventus»), Zlatan Ibrahimovich («PSJ»/«Manchester Yunayted»), Robert Levandovski («Bavariya»), Lionel Messi («Barselona») Tomas Myuller («Bavariya»), Neymar («Barselona»), Aleksis Sanches («Arsenal»), Luis Suares («Barselona») va Jyeymi Vardi («Lester»).Yil jamoa nomi 2017 yilning 9 yanvar kuni Tsyurixda o'tadigan yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirda topshiriladi.