У нас есть только
оригинальные песни

Messi sochi rangini o'zgartirganiga izoh berdi

calendar 05.09.2016
2592


«Barselona» hujumchisi Lionel' Messi nima uchun sochini oq rangga bo'yashga qaror qilgani haqida so'zlab berdi. 
«Og'ir bir kunda sochimni bo'yash haqida qaror qabul qilgandim. Men yangi hayotni boshlashim kerak edi. O'zimga o'zim dedim: «Barchasini boshidan boshlashim kerak», — deya eslaydi Messi.
Shuningdek, Lionel' katta o'g'li Tiagoning futbolga bo'lgan qiziqishi haqida gapirib o'tdi.
«Unga futbol to'plarini sovg'a qilmaslikka harakat qilaman, u futbolga unchalik qiziqmaydi. Ko'ramiz, balki u jamoada o'ynayotganida bu o'yinga qiziqib qolarmikan», deydi u.
Hozirda Tiago Messi «N'yuells Old Boyz» klubi tizimida bo'lib turibdi. Bu Lionel' o'ynagan ilk jamoa hisoblanadi.

Яндекс.Метрика