У нас есть только
оригинальные песни

Messi sudda katta pul yutib oldi

calendar 02.11.2017
1625

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning La Razon gazetasi bilan sudlashib, 70 ming yevro yutib oldi, deb xabar bermoqda AR.

Nashr argentinalik futbolchini doping iste`mol qilishda ayblagandi. Biroq, sudda buni isbotlay olmadi.

Messining imij huquqi bilan shug'ullanuvchi kompaniya bundan keyin ham futbolchini obro'sizlantirmoqchi bo'lganlarga qarshi kurash olib borishini ma`lum qildi.

Leo qo'lga kiritgan pullarni tabiiy ofatlar va urushlarda jabr chekkanlarga yordam ko'rsatuvchi «Chegarasiz shifokorlar» tashkilotiga xayriya qildi.

Яндекс.Метрика