У нас есть только
оригинальные песни

Messi tomonidan «Bavariya» darvozasiga urilgan gol evromavsumning eng chiroyli goli deb topildi

calendar 27.08.2015
1772

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi tomonidan Еvropa chempionlar ligasining yarim final doirasida «Bavariya» darvozasiga urgan goli o'tgan evromavsumning eng chiroyli goli deb topildi. Bu haqda UЕFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tashkilot rasmiy saytida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, Messining goli eng ko'p ovoz to'pladi. Qatnashchilarning 39 foizi Messi tomonidan kiritilgan golni eng chiroylisi deb topishdi.

So'rovda ikkinchi o'rin (24 foiz ovoz) Krishtianu Ronaldu tomonidan ЕChL guruh bosqichi doirasida «Liverpul» darvozasiga kiritilgan golga nasib qilgan bo'lsa, kuchli uchlikni «Arsenal» yarimhimoyachisi Aaron Remzi tomonidan «Galatasaroy» darvozasiga kiritilgan gol (9 foiz) yakunlab berdi.


Яндекс.Метрика