У нас есть только
оригинальные песни

Messi va Ronaldu kimlarga ovoz bergan?

calendar 24.10.2017
1310

FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonida Argentina sardori Lionel Messi va Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etgan.

Xususan, Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb «Barselona»dagi jamoadoshi Luis Suaresni belgilagan. Kuchli uchtalikka esa Andres Inesta va Neymarni ham kiritgan.

Ronaldu esa «Real» klubidagi jamoadoshi Luka Modrichni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb belgilagan. Kuchli uchtalikka Serxio Ramos va Marseloni kiritgan.

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayoni yakuniga ko'ra, Ronaldu 43,16 %, Messi 19,25 % va Neymar 6,97 % ovoz to'plagan edi.

Яндекс.Метрика