У нас есть только
оригинальные песни

Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi

calendar 18.02.2018
1698

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Eybar»ga qarshi uchrashuvda (2:0) Luis Suaresga golli pasni amalga oshirdi.

Bu argentinalik futbolchining Ispaniya chempionatlaridagi 406 uchrashuvda amalga oshirgan 147-goli bo'ldi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha Messi «Real» sobiq yarimhimolyachisi Michel Gonsalesning natijasini takrorladi. U 1982 yildan 1996 yilga qadar primerada 404 uchrashuvda shuncha golli uzatmani amalga oshirgandi.

Messi va Michel Ispaniya chempionatida so'nggi 40 yilda eng ko'p golli uzatmani amalga oshirgan futbolchilar bo'lib turibdi.

Яндекс.Метрика