Messi yangi biznes boshladi


«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning Ibitsa orolida mehmonxona sotib oldi.

The Sun xabariga ko'ra, mehmonxona mashhur kurortning ikkinchi qirg'oq chizig'ida joylashgan. Bu hudud sayyohlar orasida juda mashhur hisoblanadi.

Messi mehmonxona uchun qancha to'lagani ma`lum emas. Binoda 52ta xona mavjud bo'lib, bir kunlik tunash narxi 525 funtgacha borishi mumkin.

Ar-deko uslubidagi bu bino 1959 yilda qurilgan, 2014 yilda to'liq qayta qurish ishlari olib borilgan. Mehmonxonada ulkan basseyn hamda tomdagi bar mavjud.

Bundan avvalroq Lionel Messi Barselona viloyatida, Sidjyessda 26 million funt sterlingga mehmonxona sotib olgandi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!