У нас есть только
оригинальные песни

Messiga 22 oylik qamoq jazosi tahdid solmoqda

calendar 21.01.2016
1350

Lionel Messi va uning otasi Xorxe Orasio Messi soliq to'lashdan bo'yin tovlashga oid ish bo'yicha 31 may kuni sudda javob beradi.

Argentinalik futbolchi va uning otasi 4,1 million evro miqdoridagi soliqlarni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Prokurorning ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchi 2007—2009 yillarda olingan daromaddan soliq to'lamagan.

L'Equipe nashri xabariga ko'ra, da'vogar tomon futbolchi va uning otasi uchun 22 oylik qamoq jazosi talab qilgan.

Messining o'zi sobiq agenti xatoga yo'l qo'yganini tan olgan hamda Ispaniya g'aznasiga 10 mln evro to'lab, unga nisbatan jinoiy ish ochilmasligi uchun yana 15 mln evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgandi. Biroq mahalliy hokimiyat bunga rad javobini bergandi.

Яндекс.Метрика