У нас есть только
оригинальные песни

Messining akasi 8 yilga qamalishi mumkin

calendar 04.12.2017
1400

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining akasi Argentina sudi qaroriga ko'ra hibsga olindi. AS nashri xabariga ko'ra, Matias Messiga noqonuniy ravishda o'qotar qurol saqlash aybi qo'yilishi mumkin.

Matias shifoxonada qolmoqda, u 23 dekabrgacha shu yerda bo'ladi. Noqonuniy qurol saqlash uchun 3,5 yildan 8 yilgacha qamoq jazolashi belgilanishi mumkin. 

Matias Messi u qirg'oqda qoldirib ketgan qayiqda qon izlari va to'pponcha aniqlanganidan keyin qo'lga olindi. U Argentinaning qumli qirg'og'ida sayozlikka o'tirib qolgan vaqtida jarohat olganini aytgan.

Matias 2016 yilda avtomobilida topilgan qurol uchun ma`muriy jazoga tortilgan. 2008 yilda ham u noqonuniy tarzda qurol olib yurgani uchun hibcga olingan. Avgustda esa Matias ona shahri Rosarioda avariyaga uchragan.

Яндекс.Метрика