Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ qator OAVda metrodagi yo'l haqi 820 so'mga qadar tushirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o'tgan yilgi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentabrdagi №330 sonli Qarori asosida, poytaxt aholisi va Toshkent mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida hamda shahar yo'lovchi tashish transporti harakat tarkibining xarajatlarini qoplash maqsadida 2016 yil 1 oktabrdan oylik chiptalarning yangi ko'rinishi joriy etildi.

«Yangi ko'rinish» talqini ostida Toshkent metropolitenida qayta joriy etilgan oylik chiptalar nazarda tutilgan. Qarorga binoan har bir chipta oyiga 180ta safarga mo'ljallangan bo'lib, 23 foizli chegirmaga ega. Boshqa so'z bilan aytganda, o'tgan yili belgilangan yo'l kira narxi, ya`ni 1200 so'mning imtiyozi ushbu 23 foizidadir. Bundan kelib chiqib, oylik yo'l chipta egalari har bir safari uchun 924 so'm to'lab kelmoqda. Shuningdek, joriy yilning 15 mart kunidan boshlab yana bir imtiyoz taqdim etildi, ya`ni pensiya yoshidagi yo'lovchilar uchun metropolitendagi safar har kuni soat 10:00dan 16:00gacha bepul etib belgilangan.

Joriy yil 2 noyabr kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi Toshkent metropolitenining rivojlanishiga bag'ishlangan bo'lib, unda jurnalistlar o'zlarini sohaga oid qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Lekin, Internetdagi yangiliklarning monitoringi shuni ko'rsatyaptiki, ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan soha mutaxassislarining so'zlarini noto'g'ri talqin etishayotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga yo'lovchilarni asossiz ma`lumot bilan ishontirib qo'yishmoqda. Narx siyosati shular jumlasidandir. Internetdagi ayrim axborot saytlari Toshkent metropolitenida yo'l kira narxi 1200 so'mdan 820 so'mgacha tushirilishi kutilmoqda, deya xabar berishmoqda. Yuqorida ta`kidlab o'tilgan Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan hamda quyida taqdim etilayogan, aynan o'sha Xalqaro press-klub sessiyasining videosidan ko'rinib turibdiki, ushbu duv-duv gaplar asossizdir», - deyiladi «O'zbekiston temir yo'llari» matbuot xizmati xabarida.


Комментарии (0) | Добавить: 13.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi
Prezident Buxoroga tashrifini maqbara ziyoratidan boshladi
Bitkoin narxining 300 dollargacha tushishi mumkinligi taxmin qilinmoqda