У нас есть только
оригинальные песни

Michigan universiteti olimlari o‘zini qayta tiklaydigan material ishlab chiqdi

calendar 31.08.2015
1171

Michigan universitetidagi olimlar guruhi jarohat olganidan so‘ng reaktiv suyuqlik ta’sirida o‘zini qayta tiklay oladigan materialni ishlab chiqdi.

Xabar berishlaricha, qayta tiklanish jarayoni ikki polimer sahifa oralig‘ida joylashgan tributilboran (tributylborane) nomli kimyoviy modda yordamida amalga oshadi. Mazkur modda kislorod bilan reaksiyaga kirishishi va qotirishi mumkin, bu esa jarohat o‘rnining bir necha soniyada qotishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar hatto videodalil ham keltirgan bo‘lib, unda yangi tayyorlangan material, unga o‘q tekkanidan so‘ng, kamida bir daqiqa ichida o‘zini qayta tiklab olayotganini ko‘rish mumkin.

New Scientist jurnalining qayd etishicha, mazkur kashfiyot "Terminator-2” filmini yodga soladi — undagi qahramonlardan biri suyuq metalldan tayyorlangan bo‘ladi va o‘zini qayta tiklay oladi.

Яндекс.Метрика