У нас есть только
оригинальные песни

Microsoft Google Chrome'ni o'rnatishni taqiqladi

calendar 21.12.2017
1035

Microsoft korporatsiyasi o'z ilovalar do'konidan Google Chrome o'rnatuvchisini o'chirdi. Shu bois Windows 10 S foydalanuvchilari ushbu brauzerdan foydalana olishmaydi. The Verge shu haqida xabar berdi. 

Korporatsiyada buning aniq sababi keltirilmadi, faqat ilova "noyob va boshqalardan farqli" bo'lishi kerakligi ta`kidlandi. "Biz Microsoft Store'dan Google Chrome Installer'ni o'chirdik, zero ilova bizning do'konimiz siyosatiga ziddir", deyiladi korporatsiyada. Google vakillari esa vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi.

Ta`kidlash joizki, Chrome o'rnatuvchisi bo'lgan ilova shunchaki standart brauzerda ochiluvchi yuklab olish havolasi bo'lgan.

May oyida Microsoft yangi Windows 10 S versiyasini namoyish etgandi, u, xususan, Microsoft Surface Laptop noutbukida oldindan o'rnatilgan. Tizim qator cheklovlarga ega, ulardan biri - standart brauzerni almashtirishga taqiqlov. Bundan tashqari, yangi dasturlarni o'rnatishni faqat Microsoft Store ilovalar do'koni orqali amalga oshirish mumkin.

Hatto foydalanuvchi istagan begona brauzerni yuklab olsa ham, elektron pochta va boshqa servislarga kelgan xatlarning barcha havolalari standart Microsoft Edge'da ochiladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar qidiruv tizimini o'zgartira olishmaydi. Foydalanuvchi manzil satrida so'rovni kiritishi bilan u avtomatik ravishda Bing qidiruv tizimiga qayta yo'llanadi. 

Яндекс.Метрика