У нас есть только
оригинальные песни

Microsoft’ning maksimal komplektatsiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi

calendar 19.10.2015
1235

Microsoft kompaniyasining onlayn do'konida Microsoft Surface Book noutbukiga oldindan buyurtma berish imkoniyati tug'ildi. Uning maksimal komplektatsiyasi narxi 3199 dollarni tashkil qildi. Uskuna planshet va noutbukning gibridi hisoblanib, ajratib olinadigan 13.5 dyuymli ekranga ega. Kompaniya mutasaddilarining ta'kidlashicha, u o'z toifasidagi eng samarador noutbuk bo'lib, Macbook Pro 13dan 2 barobarga kuchliroqdir. Microsoft noutbukining narxi 1499 dollardan boshlanadi. 128 GB li SSD-xotira, 8 GB operativ xotira, 6-avlod Intel Core i5 protsessori. 1699 dollarga 256 GB xotiraga ega variantni xarid qilish mumkin, 1899 dollarga esa uskunaga NVIDIA diskret videokartasi ulab beriladi. 3199 dollarlik variant o'z ichiga 1 TB li SSD-xotira, 16 GB OZU, Intel Core i7 protsessor va Maxwell arxitekturasidagi 1 GB xotirali NVIDIA GeForce videokartasini oladi. Oldindan buyurtma asosida Surface Book 5–8 haftadan so'ng etkazila boshlanadi, ammo eng qimmat modelga buyurtmalar faqat 2016 yil 22 yanvaridan ochiladi.


Яндекс.Метрика