У нас есть только
оригинальные песни

Microsoft rossiyalik xakerlar hujumi haqida ma`lum qildi

calendar 21.08.2018
758

Microsoft kompaniyasi AQShda kuzda bo'lib o'tadigan oraliq saylovlar arafasida Amerika siyosiy guruhlariga qarshi rossiyalik xakerlar hujumi yuz bergani haqida ma`lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Microsoft ma`lumotlariga ko'ra, «Rossiya hukumati bilan bog'langan» xakerlar guruhi soxta domenlar yaratgan. Ular AQShning konservativ ikki siyosiy tashkiloti - Hudson Institute va International Republican Institute niqobi ostida yashiringan. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislari AQSh senati saytiga o'xshash bo'lgan uchta soxta domenni topdilar.

Microsoft huquqiy bo'limi boshlig'i Bred Smitning ma`lum qilishicha, xakerlar hujumi «demokratiyani susaytirishga» qaratilgan bo'lgan. Kompaniyadan qo'shimcha qilishlaricha, xakerlar fishing yordamida shaxsiy ma`lumot va o'z qurbonlarining maxfiy so'zlarini olishni rejalashtirishgan, biroq, Smitning so'zlariga ko'ra, ularning urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Яндекс.Метрика