Microsoft Skype’ga tarjimon o'rnatdi
02.10.2015 889
Microsoft kompaniyasi Skype messenjerining desktop versiyasiga Skype
Translator tezkor tarjima xizmati uyg'unlashtirildi. Uni Windows 7,
Windows 8 va Windows 10 dasturiy ta'minotlari foydalanuvchilari
qo'llashi mumkin, deb xabar beradi The Verge nashri.
Bir yil muqaddam
Microsoft Skype Translator’ni Windows 8 uchun mustaqil ilova sifatida
taqdim etgan edi. Endilikda bu funktsiya asosiy ilova bilan uyg'unlikda
ishlaydi.
Tarjima 6 tilda amalga oshiriladi: ingliz, frantsuz, nemis, italyan, ispan va xitoy.