Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?

Bugungi kunda istiqomat qilib turganimiz, 21-asr texnologiyalar asri deyilishiga hech kim shubha qilmaydi. Shu bilan birga, bu asr tezlik, internet va axborot asri hamdir. Buni isbotlashga ham vaqt sarflashning hojati yo'q. Turmushimizning har bir jabhasiga internet bilan bog'liq amaliyotlar katta sur`atda kirib kelmoqda. 

Xususan, O'zbekiston hukumati tomonidan axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish, hukumat boshqaruvida internet bilan bog'liq bo'lgan «elektron hukumat», «virtual qabulxona» kabi xizmatlarning joriy etilishi fikrimiz isbotidir. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tuzilmalarini yanada rivojlantirish hukumatning asosiy e`tiborida bo'lmoqda. 

Ammo,…afsuski, shu o'rinda, respublikamizda internetga ulanish bo'yicha provayderlik xizmatini taklif qilayotgan firma va kompaniyalar, xususan, yurtimizdagi eng yirik, ta`bir joiz bo'lsa, internet xizmati va telekommunikatsiya sohasida monopoliya darajasidagi «O'zbektelekom» kompaniyasining ushbu sohadagi faoliyati sifat darajasida emasligi, ushbu kompaniyada mijoz bilan ishlash, uning talablarini e`tiborga olish, boz ustiga shartnoma shartlariga og'ishmay amal qilish to'g'ri yo'lga qo'yilmagani har bir mijozning xunobi chiqishiga, asabi buzilishiga sabab bo'lmoqda. 

«O'zbektelekom» kompaniyasining «Uzonline» internet provayderlik xizmati mutasaddilari bozor talablari asosida mehnatni tashkil qila olmayotgani isbot talab qilinmaydigan aksioma darajasiga ko'tarilgan, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Balki, shuning uchun ham, respublikadagi internet tezligi, yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuzilgan jahon mamlakatlaridagi internet tezligiga doir tadqiqotlarda oxirgi beshlikka kiritilar?! To'g'ri, ushbu kompaniya internetga ulanish bo'yicha bir necha xil tariflarni taklif qiladi. Cho'ntak va ehtiyojingizdan kelib chiqqan holda, ulardan istalganini tanlashingiz mumkin. Bu borada hammasi ko'ngildagidek, go'yo.

Biroq, barchasi internet xizmati bo'yicha shartnomani imzolashdan so'ng boshlanishiga shay bo'lib turishni tavsiya qilaman. Chunki, «Uzonline» internet provayderlik xizmati mijoz bilan tuzilgan shartnomani shunchaki xo'jako'rsinga imzolangan bir parcha qog'oz sifatida qabul qiladigan ko'rinadi. Aksi bo'lganida, har bir tarifda belgilangan va soniyasiga falongacha kafolatlangan tezlikni ta`minlash bir yoqda tursin, hech bo'lmaganida, uning yarmini taqdim etgan bo'lardi. 

Agar siz, «Uzonline» mijozi bo'lsangiz, hozirda, turli xil internet tezligini o'lchashning imkonini beruvchi ilovalarning biridan foydalangan holda tarif bo'yicha belgilangan tezlikni o'lchab ko'rishingiz mumkin. Masalan, mening ishim, oilamni boqishim shu qurg'ur internet bilan chambarchas bilan bog'liq. 

Ulangan tarifim Life-4 sahifasida yozilishicha, «ushbu tarif rejasida, Internet tarmog'idan kirish trafiki cheklangan limiti taqvim oyi davomida 60 Gbaytdan oshib ketganda, Internet tashqi tarmog'idan foydalanish tezligi 256 kbit/sekundgacha pasayadi. TAS-IX tarmog'iga ulanish tezligi o'zgarmaydi. Internet tarmog'iga ulanish dastlabki tezligi keyingi oy 1-kunidan tiklanadi». Ammo, oyni boshidan internet tezligi belgilangan eng kam tezlikdan past bo'lishini qanday tushunish mumkin? Nihoyat, xunobingiz oshib, belgilangan ishlarni amalga oshirolmay, o'ylab o'yingizni oxiriga yeta olmagach, muammoga oydinlik kiritish maqsadida operatorga qo'ng'iroq qilishga bel bog'laysiz. Bunda ham omadingiz kelib, birinchi, ikkinchi bo'lsangiz xo'p-xo'p, aks holda tepa sochingiz tik bo'lishiga yoki sabr bilan qurollanib olishingizga to'g'ri keladi. Bundan shuni anglash mumkinki, demak, kompaniyaning operatorlik xizmatida shtatlar soni juda ham kam, yoxud muammolarning yetarlidan ortiqchaligi sababli, operatorlarning barchasi mijozlarning asabini tinchlantirish bilan band.

Umuman, nega internet tezligi o'zgaradi, nega belgilangan tezlik ta`minlanmaydi, nega ayni tarifda tongda boshqacha tezlik, tunda boshqacha, nega xuddi yo'l harakatida bo'lgani kabi bunda ham tirbandlik rol o'ynaydi, nega qimmatli vaqtimni operatorga sarf qilaverishim kerak?, nega, nega…deb tishingizni qayrab turganingizda, operator bilan muloqotga navbatingiz yetib keladi. Uning ajoyib muomalasi hovuringizni pasaytiradi, ammo, internet tezligining pastligini qayoqdagi bahonalar bilan izohlashiga nima deysiz?! Nima emish, liniya eskirgan emish, nima emish, ayb xorijda ro'y bergan nosozlikda emish, signal xonadon yoki modemgacha kelayotgan emish va hakozo va hakozo. Axir, o'sha liniyalarning benuqson ishlashi bo'yicha mas`uliyat ham aynan «O'zbektelekom» kompaniyasi zimmasida emasmi?! Qachongacha, zimmamizdagi vazifalar bajarilmayotganini mardlarcha tan olib, uni tuzatish o'rniga turli vajlarni ro'kach qilaveramiz?!

Qolaversa, har bir kishining ishida samara bo'lishi asabiga ham bog'liq. Endi, ertalabdan asabi chatoq holga kelgan inson o'zining irodasini qanchalik ishga solmasin, kayfiyat baribir kechgacha o'z so'zini aytadi. Ishingizda samara bo'lmaydi, asabingiz chatoqligini ko'rgan farzandlaringiz, sizdan o'zini olib qochishini ko'rib, biroz o'zingizni qo'lga olasiz, ammo, va yana ammo, chunki ertaga shu ahvol takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi…


P.S. O'zbekistondagi boshqa internet provayderlarda shunday vaziyat ekanini, garchi ularning mijozi bo'lmasamda, taxmin qilishim mumkin. Xususan, internetga ulanish xizmatini taklif qiluvchi mobil aloqa operatorlari ham 4G tarmoq deya balandparvoz gaplardan nariga o'ta olishmaydi. Mobil telefoningiz ekranida 4G belgisining turishi, sizga shu tezlikda internetga ulanish baxti taqdim etilayotganini anglatmaydi, bunga ishonchingiz komil bo'laversin. Chunki, 4G tezligi qanaqa ekanini bevosita foydalanib ko'rganlar juda yaxshi bilishadi. Bundaylar esa, oramizda juda ko'p. Manba: kun.uz


Комментарии (2) | Добавить: 21.12.2016
1. Ghjhmnfgghjk (22.12.2016 16:05)
Dardimiz bir ekan
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi
Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi