У нас есть только
оригинальные песни

Mikele Plachido kinodagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi

calendar 03.09.2017
1105

Italiyalik aktyor va rejissor Mikele Plachido kinodagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.

“Kinoda suratga tushishni to‘xtatdim, bunga meni undaydigan hech qanday omil qolmadi. Shu yil ikki jiddiy filmda rollar taklif etishdi, ammo ularni rad etdim”, — dedi 71 yoshli aktyor.

Shu bilan birga, Plachido teatrni tashlab qo‘ymasligi va avvalgidek rejissyorlik bilan shug‘ullanishda davom etishini bildirdi.

Mikele Plachido kinoda 1972-yildan beri suratga tushib keladi, uning hisobida yuzdan ortiq rol bor. Aktyorga “Sakkizoyoq” teleserialidagi komissar Korrado Kattani roli dunyo miqyosida mashhurlik olib keldi.

Яндекс.Метрика