У нас есть только
оригинальные песни

Milanda supermodel' Jiji Hadid surbet muhlisiga tarsaki tushirdi

calendar 22.09.2016
1386

Milandagi modalar haftaligi namoyishidan keyin supermodel' Jiji Hadid erkak muhlisini u modelni quchoqlab olib, ko'targani uchun urdi. Bu haqda Daily Mail nashri habar bermoqda. 

Voqea 21 yoshli model' Max Mara brendi shousini tark etayotganda yuz bergan. Hadid bir muhlisi bilan selfiga tushayotganda, erkak uning orqasidan kelib, uni quchoqlab tepaga ko'tarib olgan. Model' tirsagi bilan uning yuziga tushirgandan keyin erkak uni pastga tushirgan. "Sen kimsan o'zi, surbet", deb baqirib ketgan model' erkakka.

So'ngra mojaroga modelning tansoqchilari aralashib, qizni mashinaga olib ketishgan. Ta`kidlanishicha, Jiji tansoqchilaridan noma`lum erkakni topib berishni so'ragan.

Яндекс.Метрика