У нас есть только
оригинальные песни

Milliarder Uorren Baffet o‘zining to‘kis baxti uchun qancha mablag‘ lozimligini aytdi

calendar 29.06.2017
1428

Boyligi 76,1 milliard dollar deya baholangan amerikalik milliarder Uorren Baffet PBS Newshour bilan suhbatda to‘kis baxt uchun unga qancha pul kerak ekanligini aytdi.

Baffetning so‘zlariga ko‘ra, agarda uning yillik daromadi bir necha o‘n milliardni emas, atiga 100 ming dollarni tashkil etgandida bu o‘zini ajoyib his etishi uchun yetgan bo‘lardi.

Shuningdek, Uorrenning qo‘shimcha qilishicha, u dunyodagi istalgan narsani sotib olishi mumkin, biroq unga buning keragi yo‘q. Misol sifatida 1958-yildan beri yashab kelayotgan uyini ko‘rsatdi: agar xohlaganida allaqachon 100 million dollarlik qasrni sotib olgan bo‘lardi, biroq eski bino unga bog‘liq xotiralari uchun ham qimmatlidir.

10-iyun kuni milliarder bilan tushlik qilish imkoniyati 2,6 million dollarga sotilgandi. Baffet kimoshdidan tushgan pullarni San-Fransiskodagi boshpanasizlarga yordam ko‘rsatuvchi Glide Foundation fondiga topshiradi.

Яндекс.Метрика