У нас есть только
оригинальные песни

Milliarder Uorren Baffett bilan xayriya tushligiga taklif 3,5 mln dollarga sotildi

calendar 12.06.2016
911

Mol-mulki 60 milliard dollardan ziyod baholanadigan, Forbes jurnalining dunyoning eng boy odamlari reytingida uchinchi o‘rinda turuvchi amerikalik investor Uorren Baffett bilan xayriya tushligiga taklif eBay internet-auksionida 3,457 million dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bu yilgi tushum rekord darajada yuqori deb tan olingan 2012-yilgi kimoshdi savdosi summasi bilan bir xil bo‘ldi. The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, auksionda tadbirkorning o‘zini oshkor etishni istamagan muxlisi g‘olib chiqqan. U Nyu-York markazidagi Smith and Wollensky restoranida bo‘lib o‘tadigan tushlikka yana yetti kishini taklif etish huquqiga ega.

Bunday auksionlar 2000-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ularning birinchisida tushum atigi 24 ming dollarni tashkil etgan, jami tushum esa hozirgacha 23 million dollardan oshib ketdi. Baffet bilan suhbat odatda uch soat atrofida davom etadi va unda milliarder hamsuhbatlari bilan keng doiradagi masalalarni muhokama qiladi. Suhbat davomida yagona man etilgan mavzu milliarderning kelgusi investitsiyalariga tegishli: Baffet bu haqdagi savollarga hech qachon javob bermaydi.

Яндекс.Метрика