У нас есть только
оригинальные песни

Qaysi davlatda milliarderlar ko'p

calendar 24.02.2015
8582

G'arb tomonidan qo'llanilayotgan iqtisodiy jazo choralari, neft narxining tushib ketishi va rublning qadrsizlanishi rossiyalik milliarderlarga salbiy ta'sir ko'rsatdi va endilikda Hindiston boy kishilari ko'p mamlakatlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Xitoyning "Hurun” nashrida berilgan ma'lumotlarga qaraganda, Hindistonda hozirgi kunda 97 nafar milliarder istiqomat qiladi. Mamlakatning eng boy kishilari ro'yxatini "Reliance Industries” kompaniyasi xo'jayini Mukesh Ambani boshqarmoqda. "Hurun” nashrining yozishicha, hindistonlik milliarderlarning umumiy boyligi 266 milliard dollarni tashkil etadi. Iqtisodiyotning etakchi sohalari sanoat, farmakologiya va TMT (texnologiyalar, media va telekommunikatsiya) bo'lib, ushbu sohalardagi milliarderlar soni mos ravishda 23, 14 va 12 nafarni tashkil etadi.Rossiyada esa ayni paytda 93 nafar milliarder istiqomat qiladi – 10 nafar milliarder esa mamlakat iqtisodiyotidagi keskin pasayish oqibatida o'z mavqelarini yo'qotishgan. Hindiston va Rossiyaning barcha boy shaxslarini birgalikda qo'shib hisoblaganda ham ular boylar soni bo'yicha AQSh va Xitoyga eta olishmaydi. Manba: xabardor.uz


Яндекс.Метрика