Milliarderlar qanday avtomobillarni tanlashadi?

Milliarderlar oqilona moliyaviy qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilib, boylik to'plashadi. Biroq muayyan mablag' yig'ilgandan keyin u qadar kerak bo'lmagan narsalarga pul sarflay boshlashadi - masalan, hashamatli avtomobillarga. Microsoft hammuassisi va dunyoning eng badavlat kishisi Bill Geyts yaqinda Porsche 911 superkarini xarid qildi. Virgin asoschisi Richard Brenson suvda harakatlanuvchi Gibbs Aquada'ga ega. Shunday bo'lsa-da, iqtisod qilish odatidan voz kechmagan milliarderlar ham bor. CNBC dunyoning eng badavlat kishilari ro'yxatidagi besh milliarderga tegishli kamtarona avtomobillar haqidagi ma`lumoti bilan bo'lishdi.

Uorren Baffett

Foto: CNBC  

Berkshire Hathaway bosh direktori o'zining tejamkorligi bilan mashhur. U nonushtaga hech qachon 3,17 dollardan ortiq pul sarflamaydi, hali-hanuz 1958 yilda sotib olgan uyida yashaydi.

2014 yilda u Cadillac XTS avtomobilini xarid qildi. Bu avtomobilning chakana narxi - 45 ming dollar atrofida va u Baffetning avvalgi avtomobili 2006 Cadillac DTS'dan bir toifaga yuqori.

Biznes-magnat Forbes'ga bergan intervyusida yangi avtomobil tanlashda shoshilmasligiga quyidagicha izoh beradi: "Men yiliga 5500 kilometrdan biroz ko'proq masofa bosaman, shuning uchun mashinamni hadeb o'zgartiraverishni ma`qul ko'rmayman".

Mark Tsukerberg

Foto: CNBC  

Facebook asoschisini ko'pincha 30 ming dollarli qora Acura TSX boshqaruvida ko'rishadi. U o'z tanlovini bu avtomobilning "xavfsizligi, qulayligi va hashamatli emasligi" bilan izohlaydi.

Ma`lum bo'lishicha, Tsukerbergning xuddi shu narx darajasidagi Volkswagen GTI avtomobili ham bor.

Elis Uolton

Foto: CNBC  

Wal-Mart merosxo'ri Elis Uo­l­ton - dunyoning ikkinchi o'rindagi eng badavlat ayoli. U 40 ming dollarga baholanuvchi 2006 Ford F-150 King Ranch avtomobilini tanladi.

Uning marhum otasi, Wal-Mart asoschisi Sem Uo­l­ton ham umrining oxirigacha xuddi shu rusumdagi 1979 yilgi yuk mashinasini boshqargan.

Ingvar Kamprad

Foto: CNBC  

IKEA asoschisi Ing­var Kam­prad keraksiz narsalarga pul sarflashni yoqtirmaydi: u hatto sochini kaltalatishda ham tejashga harakat qiladi va bu maqsadda faqat rivojlanayotgan mamlakatlardagi sartaroshxonalarga kiradi.

U yigirma yil davomida 1993 Volvo 240 GL avtomobilini boshqargan va yaqinda, mashina haydash uning sog'ilig'iga xavf solishiga ishontirishganidan keyingina bu avtomobildan qutulishga qaror qildi (Kampard 91 yoshda). Avtomobil dastlab 22 ming dollar atrofida baholangan, bugun esa uning narxi - atigi 2 ming dollar atrofida.

Stiv Balmer

Foto: CNBC  

Microsoft kompaniyasining sobiq bosh direktori butun umri davomida Ford avtomobillarini boshqargan, chunki uning otasi Ford Motor kompaniyasining menejyeri bo'lgan.

2009 yilda o'sha paytda Ford bosh direktori bo'lgan Alan Ma­lal­li millioninchi avtomobil sharafiga Balmerga Ford Fusion Hybrid kalitini shaxsan topshirgan. Mashina ichki aloqa va SYNC ko'ngilochar tizimi bilan jihozlangan bo'lgan. Avtomobilning dastlabki chakana narxi taxminan 28 ming dollar atrofida bo'lgan.


Комментарии (0) | Добавить: 03.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?