У нас есть только
оригинальные песни

Milliarderlardan unumdorlikning 10 siri

calendar 15.02.2017
1467

The Obstacle Is The Way kitobining muallifi Rayan Xolidey mashhur tadbirkor, rejissor, aktyor va biznes-maslahatchilar tomonidan berilgan bir nechta tavsiyanomalarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Barcha maslahatlar unumdorlikni yuzaga keltiruvchi sharoitlar ya’ni, ish uchun vaqtni qanday taqsimlash, kundalik muammolarni hal qilishda qanday odatlarga ega bo‘lish mavzusiga bag‘ishlangan.

  1. Kundalik yozuvlar uchun daftarcha tuting. Unga o‘z fikrlaringizni, kuzatishlaringizni, tasodifan yodingizda qolgan voqealarni yozib boring. Daftarchani har doim yoningizda olib yuring.
  2. Qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini tuzing. Shu ro‘yxat asosida ishlaringizni bajarishga harakat qiling.
  3. Kasbingizga doir adabiyotlardan olingan parchalar qayd qilingan kartoteka yuriting. Bu kartoteka o‘zingizga qulay elektron yoki qog‘oz shaklida bo‘lishi mumkin.
  4. Ish uchun hech qanday messenjerlar (Telegram, WhatsApp) ishlatmang. Tomonlarga qulaylik yaratish maqsadida faqat elektron pochtadan foydalanishingiz mumkin.
  5. Agar ish yuzasidan assistent yoki yordamchi olish zarur bo‘lib qolsa, avvalo uning yoshi sizdan kattaroq va mas’uliyatliroq ekanligiga ishonch hosil qiling. Yosh xodim dunyodagi barcha muammolarni yechishda rahbarga yordam beradi deb o‘ylash xatodir.
  6. Agar siz matn bilan ishlasangiz, boshqa mualliflar asarlarining o‘zingizga yoqqan parchalarini yozib olishga o‘rganing. Bu sizning so‘z boyligingizni oshirish bilan birga, kelajakda kerak bo‘ladigan materiallar to‘plashga ham yordam beradi.
  7. Esingizda saqlang: yuqori unumdorlikka erishishda tinchlik va osoyishtalik yordam beradi. Osoyishta vaziyat yangi g‘oyalarni izlab topishda diqqatni bir joyga to‘plashga yordam beradi.
  8. Inbox Zero qoidasiga rioya qiling — hamma xatlarga javob berish shart emas, lekin ularni saqlab qo‘yish yoki keyinga surish ham befoyda.
  9. Instapaper shaklidagi o‘qishni keyinga qoldiruvchi xizmatlardan foydalaning, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi tasodifiy postlarni o‘qishga chalg‘ib ketmang.
  10. “Yo‘q” deyishni o‘rganing. Rad qila olish asablaringizni asrashga va yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan xatolardan saqlanishga yordam beradi.
Яндекс.Метрика