Milliy kutubxona fondi qariyb 7 million nusxani tashkil etmoqda

Toshkentdagi Ma`rifat markazi ochilganiga besh yil to'ldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda. Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasini o'z ichiga olgan Ma`rifat markazida turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar, yirik ilmiy anjumanlar, xalqaro simpoziumlar, kitobxonlik kechalari o'tkazilmoqda.Simpoziumlar saroyi devorlaridagi serjilo naqshlar, mahobatli marmar ustunlar, moviy gumbaz me`morlik bobida ajdodlarimizning asriy an`analari davom etayotganidan dalolatdir. Gumbaz atrofi bo'ylab joylashtirilgan 36 deraza zalda kun davomida tabiiy yorug'likni ta`minlaydi.Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlari va mazmun-mohiyatiga ko'ra inson tasavvuri va tafakkurining noyob mahsulidir.Kutubxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, bu yerda jahon talablariga javob beradigan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, eng yangi nashriyot-matbaa hamda nusxa ko'chirish uskunalari o'rnatilgan.Muzeyda noyob qo'lyozma va toshbosma asarlar fondidan namunalar qo'yilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug'atayn”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” asarlari, “Devon”i qo'lyozmalari shular jumlasidandir. Noyob kitob fondini yaxshi saqlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bolalar xonasida yetti yoshgacha bo'lgan bolalar uchun turli o'yinchoqlar, akvarium, o'quv qurollari, ertak kitoblar mavjud. Ota-onalar mutolaa qilguncha bu yerda bolalarga qarab turiladi. Kinozalda mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan yutuqlar, ulug' allomalarimiz, qadimiy shaharlarimiz haqidagi filmlar namoyish etilmoqda.Kutubxona binosida Wi-Fi tizimi ishlab turibdi. Kitobxon o'zi bilan noutbuk olib kelib yoki shu yerning o'zidan ijara asosida olib, internetdan cheklovsiz foydalanishi mumkin. Hozir har kuni mingdan ortiq kishi bu yerda global axborot tarmog'idan foydalanmoqda.Kutubxona yetti qavatli bo'lib, yer ostidagi ikki qavat fonddan iborat. Bu noyob fond ilgari poytaxtimizning uch joyida saqlangan bo'lsa, endi markazlashtirildi. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj o'rnatildi. Ilgari so'ralgan ba`zi kitob yoki gazeta-jurnalni o'quv zaliga keltirish uchun bir-ikki kun vaqt sarflangan bo'lsa, bugun bu jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko'tarishga mo'ljallangan lift vositasida 15-20 daqiqada bajarilmoqda. Bugun kutubxona fondi qariyb 7 million nusxani tashkil etadi. O'tgan vaqt mobaynida kutubxona fondi salkam 350 ming elektron nusxadagi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Fondda buyuk o'zbek olimlarimiz va mutafakkirlarimizning XI va undan keyingi asrlarga oid qo'lyozmalari, XVI-XIX asrlarda dunyoning ko'plab tillarida chop etilgan kitoblar saqlanmoqda.Ma`lumot uchun: Toshkentdagi Ma`rifat markazi 2011 yilning 16 noyabr kuni ochilgan edi.Mnaba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 26.11.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?
«O'zbekkonsert» xonandalarning Youtube’dagi bachkana kliplarini oldirmoqda
Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi
Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi
Nima uchun ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi?
Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul
Vazelinning siz bilmagan xususiyatlari
Iqlimshunoslar: insoniyat halokatli darajadagi issiq ob-havo bilan to'qnashadi
20 iyun O'zbekistonda havo harorati yuqori bo'ladi
Sardor Rahimxondan super xit premyera - "Onam"
Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi
Kvartirani ta’mirlatishda aldanib qolmaslik uchun besh maslahat
«Real» Ronalduning narxini ma`lum qildi
Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi
Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi
Aktyor Yigitali Mamajonovning fotihasi bo‘lib o‘tdi
DTM jadvali e’lon qilindi: kvotalar va abituriyentlar soni
GM Uzbekistan ikki yangi modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishni o'zlashtiradi
Ronaldu «Real»dan ketmoqchi, Peres bundan xabardor
Mukammal selfi olib, ko‘p “layk” to‘plash borasida 8 maslahat
Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi
Yevroittifoq hududida rouming uchun to‘lov bekor qilindi
Qatar banklarida dollarlar tugadi
Shavkat Mirziyoyev tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash zarurligini ta’kidladi
"ZAGS" dalolatnomasisiz nikoh o'qigan har qanday mulla jinoiy jazoga tortiladi
Abiturientlar, Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar bilan tanishing
Tadqiqotchilar dunyoning sakkizinchi mo'`jizasi joyini aniqlashdi