У нас есть только
оригинальные песни

Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?

calendar 12.08.2018
1069

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkentning Bunyodkor shoh ko‘chasi va Cho‘ponota ko‘chasi kesishmasida (Milliy stadion oldida) bunyod etilgan yo‘l o‘tkazgich bilan tanishdi. Shu kuni obyekt foydalanishga topshirildi, ko‘prik bo‘ylab va uning ostidan transport qatnay boshladi.

Repost’ning “O‘zbekiston 24” telekanaliga asoslanib xabar berishicha, ushbu yo‘l o‘tkazgichni qurib, foydalanishga topshirish loyihasi 132 milliard so‘mga tushgan. Ma’lumot uchun, uning qurilishi 2017-yil martida boshlangan edi. Loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning “Metroqurilish” korxonasi tomonidan bajarilgan.

 

Яндекс.Метрика