У нас есть только
оригинальные песни

«Milliy tiklanish» milliylikni tiklash yo'lida

calendar 24.07.2016
1103

O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo'mitasi tomonidan “Mustaqillik - milliy tiklanish va yuksalishdir” mavzusida Zomin tumanida forumi tashkil etildi. 
Forumda O'zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo'mitasi devoni xodimlari, O'zMTDP Zomin, Yangiobod tumani va Jizzax shahar partiya tashkiloti Kengashi faollari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlari, “Yoshlar qanoti” a'zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan forumda dastlab ishtirokchilar, Zomin istirohat bog'iga, Zomin o'lkashunoslik muzeyiga, Zomin “SAMSUNG” monitor ishlab chiqarish zavodiga, “Ko'k to'nli ota” ziyoratgohiga ekskursiya uyushtirildi. 
Shundan so'ng, Zomin sulim go'shasida joylashgan “Lochin” nomli mehribonlik oromgohida o'zbekona lutf va karnay-surnay sadosi ostida yo'lakning ikki chetida milliy libosdagi qizlar gullar bilan kutib olishdi.
Quyida ushbu tadbirdan tayyorlangan fotolavhani taqdim etamiz.

Яндекс.Метрика