У нас есть только
оригинальные песни

Milliy TVda yangi serial

calendar 24.10.2016
2643

Milliy TV telekanalida dushanbadan-jumaga qadar soat 20.00da yangi “Avtotest” nomli serial namoyish etilmoqda. Komediya janrida tayyorlangan ushbu 20 qismlik serialni har birimiz albatta tomosha qilishimiz uchun kamida 5-ta sabab bor.

Barchamiz uchun sevimli kinoakyorlar  “Avtotest” serialida. Serial tomoshabinlari teleekranlari orqali Adiz Rajabov, Farxod Abdullayev, Zuxra Soliyeva, Sitora Alimjanova va boshqalarni yangi ko'rinishda kashf etadilar.

20 qism ichida bir talay kulgu. “Avtotest” serialida 5-nafar bo'lajak xaydovchilar turli-tuman quvnoq va qiziqarli sarguzashtlarga duch keladilar. Film qaxramonlarining  tushadigan har xil kulguli holatlari inson kayfiyatini bir zumda ko'tarib yuborishi aniq.

Avtomobilni boshqarishga o'qish oson vazifa emas. Tomoshabin serial qaxramonlari bilan birga avtomakatabda o'qish paytida vujudga keladigan barcha qiyinchilikarni boshidan kechiradi. Biroq bu qiyichiliklar tomoshabinlarga faqatgina yaxshi kayfiyat ulashadi.

Xar bir qaxramonni o'zining qiziqarli tarixi bor. Serial, 5 nafar Avtotest o'quvchisining o'ziga hos tarixini ochib beradi. Qaxramonlarning biri aqlli lekin qo'rqoq, biri jasur lekin bebosh, biri xarakatchan bo'lsa biri ishyoqmas. Ularning birgalikdagi xatti-xarakatlarini tomosha qilish esa juda zavqli.

Va nihoyat serialda haydovchilik guvohnomasini shunchaki sotib olish emas, astoydil o'qib, o'rganib olish kerakligi g'oyasi ilgari surilgan serialni tomosha qilish nafaqat qizqarli balki foydali hamdir.

Яндекс.Метрика