Milliy universitetda rektorning talabalar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi
10.09.2015 1646
9 sentyabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti madaniyat saroyi kichik
zalida rektor Sh. Sirojiddinovning talabalar bilan ochiq muloqoti
o'tkazildi. Bu haqda Kun.uz tahririyatiga yo'llangan matbuot
xabarnomasida aytildi.
Uchrashuv oliygoh rivojlanishi istiqbollari, shuningdek, uning
faoliyatidagi muammoli masalalar muhokamasi bag'ishlandi. Muhokama
davomida ham talabalar, ham rahbariyat tomonidan yuqorigi masalalarda
bir qator tavsiyalar aytib o'tildi.
O'z hisobotida Sh. Sirojiddinov
universitetning erishib kelayotgan yutuqlariga to'xtalib o'tib, OTMning
100 yillik yubileyiga qadar erishilishi kerak bo'lgan strategik
maqsadlar haqida gapirdi.
Xususan, uning ta'kidlashicha, 2018
yilga kelib universitet yangi sifat bosqichiga ko'tarilib, xalqaro
reytinglarda jahonning etakchi oliygohlari qatoridan o'rin olishi kerak.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa insoniy resurslar va ilmiy
salohiyatdan samarali foydalanish talab etiladi. Shu bois rektor
talabalarni OTMning o'qituvchi-professorlari bilan barcha sohalarda
hamkorlik qilishga chorladi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra oliygohni
isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha bir qator istiqbolli takliflar
va tavsiyalar ishlab chiqildi.