У нас есть только
оригинальные песни

Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi

calendar 10.10.2017
1634

O'zbekistonda valyuta siyosatini erkinlashtirish, aholi va biznes vakillaridan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini takomillashtirish, ayirboshlash punktlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu yo'nalishda yana bir qadam tashlanadi - fuqarolarga naqd xorijiy valyutani sotish yo'lga qo'yiladi.

Shu bilan birga, chet el pul mablag'larini noqonuniy sotish bilan shug'ullanuvchi «valyutafurushlar», ushbu o'tish davri mobaynida mamlakatning moliyaviy tizimiga alohida xavf tug'diradi. Ular nafaqat iqtisodiyotning yashirin sektori rivojlanishiga hissa qo'shadilar, balki mamlakat fuqarolarini ochiqchasiga aldashadi, ularni «talashadi» yoki soxta dollarlarni taklif etishadi. Butun mamlakatda bunday huquqbuzarliklar bilan kurashish uchun Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maxsus tezkor guruhlari tuzildi, ular qora bozorni yo'q qilishga qaratilgan reydlarni o'tkazishda davom etmoqda.

Kuni kecha MXX va Departament xodimlari Toshkentning Yakkasaroy tumanida yashovchi 38 yoshli Baxtiyor Tojiyevni jinoyat ustida qo'lga olishdi. U uzoq muddat davomida o'z uyida valyutani noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullangan. Ushbu shaxsning yashash joyi tekshirilganda, 110 yevro, 19,1 ming dollar va 268,5 million so'm miqdorida mablag' aniqlandi. Pullar keyinchalik «Ipoteka bank» ATIBga topshirildi.

Bundan tashqari, Xonobod (Andijon viloyati)da o'tkazilgan maxsus amaliyot davomida 27 yoshli Kamoliddin Yunusov va 29 yoshli Azizbek Botirov bir dollar uchun 8150 so'mlik kursda 45,6 million so'mni 5 600 dollarga noqonuniy ravishda almashtirib berish chog'ida qo'lga olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ushbu holatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bo'yicha ishlar qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda. 

Яндекс.Метрика