Milliy xavfsizlik xizmatining yangi raisi Ixtiyor Abdullayev haqida nimalarni bilamiz?

Avval xabar berganimizdek, bugun, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov o‘z vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.

Xo‘sh, Milliy xavfsizlik xizmatining yangi raisi Ixtiyor Abdullayev haqida nimalarni bilamiz?

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ixtiër Abdullayev 1966-yilning 22-mayida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Perm davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Faoliyatini 1988-yilda Farg‘ona shahar sud ijrochisi sifatida boshlagan.

1990—1993-yillarda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida ishlagan.

1993—1995-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi sudyasi, raisi vazifasini bajaruvchi, 1995—1997-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi hamda Sudlov hay’ati raisi, 1997—2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining fuqarolik va amnistiya masalalari bo‘yicha referenti bo‘lib ishlagan.

2000—2001-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi etib tayinlangan. 

2001—2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2002—2006-yillarda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2006—2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, 2007—2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi, 2006—2009-yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori vazifasida ishlagan.

2009-yildan 2015-yilgacha O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy va kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2015-yil 21-aprel kuni u 15 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Rashid Qodirovning o‘rniga ushbu lavozimga tayinlangan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u 1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelayotgan general-polkovnik Rustam Inoyatov o‘rniga MXX rahbarligiga tayinlandi.

Ixtiyor Abdullayev ikkinchi darajali davlat adliya maslahatchisi unvoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, Ixtiër Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangach, prokuratura organlari tizimida ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Birgina Bosh prokuraturaning o‘zida ellikdan ziyod xodim vazifasidan ozod etilgan, ularning o‘rniga yangilari tayinlangan. Shuningdek, hududiy prokuratura organlari faoliyati ham jiddiy isloh qilinib, ko‘plab kadrlar almashtirilgan edi.


Комментарии (0) | Добавить: 31.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi