Ma'lumot uchun, Toshkent vaqti –
Toshkentni o'z ichiga olgan 5-soat mintaqasi vaqti. Xalqaro kelishuvga
ko'ra, Еr yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo'lingan
(360°:24=15°). Nolinchi mintaqa, ya'ni Grinvich meridianidan sharqda
7°30/ shq.uz. bilan 22°30/ shq.uz.dagi meridianlar orasi 1-mintaqa
bo'lsa, 22°30/ va 37°30/ uz.dagi meridianlar orasi 2-mintaqa va h.k. Har
bir mintaqa vaqti qo'shni mintaqa vaqtidan 1 soatga farq qiladi. T. 68°
va 69° shq.uz. oralig'ida joylashganligi sababli, 5-soat mintaqasiga
to'g'ri kelsa, Moskva 3-soat mintaqasida joylashgan. Toshkent vaqti
Moskva yozgi vaqtga o'tganda 1 soatga, qishki vaqtga o'tganda esa 2
soatga farq qiladi.
Shimoliy qutbdan janubiy qutbgacha bitta
meridianda joylashgan nuqtalarda, ya'ni bitta meridiannning hamma
joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli
geografik uzunliklarda joylashgan geografik ob'ektlarning vaqti
bir-biridan farq qiladi.
1930 yil 16 iyunda qabul qilingan
qarorga ko'ra dekret vaqti joriy etilib, soat millari 1 soat oldinga
surib qo'yilgan edi. O'sha vaqtdan boshlab O'zbekistonda vaqt o'lchovi 2
mintaqa, ya'ni Toshkent va Samarqand vaqti doirasida olib borilgan,
1991 yil apreldan O'zbekiston hukumatining maxsus qarori asosida dekret
vaqti bekor qilinib, bir xil mintaqa vaqti qabul qilindi, ya'ni soat
millari 1 soat orqaga surildi.
Toshkent vaqti shaharning
mahalliy vaqti ham deyiladi. O'zbekiston Respublikasi Aloqa
to'g'risidagi qonunida «Ma'lumotlarni uzatishning texnologik
jarayonlarida O'zbekiston Respublikasi maydonida hisobga olish va
hisobga oid yagona vaqt – mahalliy vaqt belgilanadi», deyilgan.
O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida vaqt Toshkent vaqti bilan bir xil
bo'lganligi xo'jalik ishlarini yuritishda ancha qulaylik tug'diradi.
Toshkentda havo yo'llari, temir yo'l va boshqa transport turlarining
harakat jadvali mahalliy vaqt bilan tuziladi.