У нас есть только
оригинальные песни

Mintaqadagi ilk Politexnika muzeyi Toshkentda ochildi

calendar 10.11.2015
2260

10 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistondagi va mintaqadagi birinchi Politexnika muzeyi ochilishi marosimi o'tkazildi. Bu haqda uznews.uz nashri xabar bergan.

"Ma'lumki, san'at muzeyi, tarix muzeyi, adabiyot muzeyi, tibbiyot muzeyi, uy muzeylari bor. Bu muzey esa transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika, buyuk olimlar ixtirolariga bag'ishlangan", deyiladi xabarda.

O'zbekistondagi va mintaqadagi birinchi Politexnika muzey o'z tashrifchilarini hayratga solishni maqsad qilgan.

Muzey ekspozitsiyasi uchta bo'limdan iborat, bular: "Jahon avtomobilsozlik tarixi", "O'zbekiston avtomobil sohasi tarixi" va "Interaktiv amaliyot".

Bu muzey Toshkent shahri markazida joylashgan. ("O'zavtosanoat" kompaniyasining yangi binosida, Orientir - "Bilayn" bosh ofisi).

Muzeyning ish rejimi quyidagicha:

1-qavat ("Jahon avtomobilsozlik tarixi", "O'zbekiston avtomobil sohasi tarixi") - soat 10:00dan 18:00 gacha, chipta narxi - 5000 so'm (ekskursiya xizmati bir kishi uchun 1500 so'm).

2-qavat ("Interaktiv amaliyot") - seanslar 10:00, 12:00, 14:00, 16:00da, chipta narxi 15 ming so'm.

 

Яндекс.Метрика