У нас есть только
оригинальные песни

“Minyonlar” prokatda milliard dollardan ortiq to‘pladi

calendar 30.08.2015
1393

Universal-Illumination Entertainment kompaniyasi tomonidan yaratilgan "Minyonlar” multfilmi prokatda bir milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi.

Animatsion komediyaning Shimoliy Amerika prokatidagi tushumi 321,9 million dollar, dunyoning qolgan mamlakatlarida esa 682 million dollarni tashkil etdi.

Universal uchun "Minyonlar” joriy yildagi katta muvaffaqiyatli, kassabop filmlar qatorida "Forsaj 7” (1,512 milliard dollar tushum) va "Yura davri dunyosi” (1,628 milliard) filmlaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.

"Minyonlar” Vengriya, Indoneziya, Latviya, Filippin, Rossiya, Tailand, Ukraina kabi 11 ta mamlakatda barcha davrlardagi eng kassabop animatsion filmga aylandi.

Яндекс.Метрика