O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Bunyodkor” jamoasiga qaytishi mumkin.
"Mirjalol Qosimov "Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyligiga birinchi raqamli nomzoddir”, - dedi klub bosh direktori Baxtiyor Boboev "Bunyodkor”-"So'g'diyona” o'yinidan keyin berilgan matbuot anjumanida. Uchrashuv poytaxt jamoasining foydasiga 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda jamoaning bosh murabbiyi Yuriy Lushchan iste'foga chiqdi.
"Bu masala yaqinda hal qilinadi”, - qo'shimcha qildi Boboev.