У нас есть только
оригинальные песни

Mirjalol Qosimov ishga qaytadi

calendar 24.11.2016
2327

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov faoliyatini Oliy Liga klublaridan birida davom ettirishi mumkin.Manbalar xabarlariga ko'ra, u Toshkent shahridagi yangi klublardan biri, yakunlangan mavsumda ligada jon saqlab qolgan «Obod» jamoasida ish boshlashi kutilmoqda. Unga yangi ishida Aleksandr Volkov va Baxtiyor Ashurmatov yordam berishi aytilgan. Xabarlarga ko'ra, bu mutaxassislar ayrim futbolchilar bilan aloqaga chiqib ulgurgan.Bundan avvalroq «Olmaliq»dan ishdan ketgan Igor Shkvirin yangi mavsumda «Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика